Form cover
Page 1 of 4

Venture Builders

Startup Garage “Venture Builders” dasturini ishga tushirdi: startap qilishni xohlaganlar uchun amaliy yo‘l
Venture Builders — bu g‘oya izlashdan ko‘ra kompaniya qurishga yo‘naltirilgan, soha mutaxassislari uchun maxsus ishlab chiqilgan venture builder dasturidir. Dastur texnik bilim, sanoat tajribasi yoki funksional ekspertizaga ega bo‘lgan, ammo shu paytgacha startapni mustaqil qurish uchun yetarli tizim va muhit topa olmagan mutaxassislar uchun mo‘ljallangan.

Kimlar uchun mo‘ljallangan?

Venture Builders quyidagi toifadagi mutaxassislar uchun ochiq:

✔ Injinerlar va texnik mutaxassislar
(software engineer, AI/ML engineer, data engineer, hardware va system injinerlar)

✔ Sotuv va biznes rivoji mutaxassislari
(sales manager, BD manager, account manager)

✔ Marketing va growth mutaxassislari
(digital marketing, performance, brand, product marketing)

✔ Ustozlar, trenerlar va ta’lim sohasi vakillari
(online/offline education, edtech, corporate training)

✔ Doktorlar va sog‘liqni saqlash mutaxassislari
(healthtech, medtech, klinik jarayonlar bo‘yicha ekspertlar)

✔ Operatsion va menejment mutaxassislari
(operations, HR, finance, supply chain)

✔ Boshqa soha ekspertlari
(logistika, qurilish, agritech, fintech, legal, energy, govtech va boshqalar)

Agar siz muammoni ichidan bilsangiz — Venture Builders siz uchun.

Dastur nimalarni ichiga oladi?

Ko‘p mutaxassislar startap qilishni xohlaydi, ammo quyidagi to‘siqlarga duch keladi:
1. G‘oya muammosi
“Qaysi g‘oya ishlaydi?” degan savol oylar davomida javobsiz qoladi.
👉 Venture Builders doirasida:
bozor o‘rganilgan,
real muammolarga asoslangan,
monetizatsiya potentsialiga ega g‘oyalar taklif qilinadi.
2. Jamoa muammosi
Yolg‘iz startap qurish deyarli imkonsiz.
👉 Dastur:
texnik va biznes rollarni muvozanatlaydi,
co-founder va early team topishda yordam beradi,
rollar va mas’uliyatlarni aniq belgilaydi.
3. Bozorga chiqish va sotuv muammosi
Ko‘plab MVP’lar sotuvsiz qoladi.
👉 Venture Builders:
product–market fit’ga olib boruvchi yo‘l xaritasini beradi,
B2B va B2C sotuv modellari bilan ishlaydi,
real mijozlar bilan test qilishni majburiy qiladi.

Dastur qanday ishlaydi?

Venture Builders — bu qurishga majbur qiladigan tizim.
Asosiy elementlar:

• Muammo → yechim → MVP → sotuv zanjiri bo‘yicha ishlash

• Haftalik aniq vazifalar va milestone’lar

• Mentorlar va tajribali venture builderlar bilan ishlash

• Startup Garage infratuzilmasidan foydalanish

• Pitch, demo va real bozor testlari

Bu dasturda “kuzatuvchi” bo‘lish mumkin emas — har bir ishtirokchi quruvchi rolida bo‘ladi.

Sizdan nima talab qilinadi?

Dastur professional darajada yondashuvni talab qiladi:

‣ haftasiga 20–30 soat ajratish

‣ qarorlar va vazifalar bo‘yicha commitment

‣ real mahsulot qurishga tayyorlik

‣ feedback qabul qilish va tez iteratsiya qilish

Bu hobbi emas. Bu — kompaniya qurish jarayoni.

Natija qanday bo‘ladi?

Dastur yakunida ishtirokchi:

• real bozorga tekshirilgan mahsulotga ega bo‘ladi,

• jamoa va rollari aniq startapni quradi,

• sotuv va growth uchun ishlaydigan modelga ega bo‘ladi,

• keyingi bosqich (investitsiya, scaling yoki bootstrapping) uchun tayyor holatga keladi.

Venture Builders nimasi bilan farq qiladi?

● Bu kurs emas

● Bu inkubator emas

● Bu faqat pul beradigan fond emas

Bu — Startup Garage tomonidan qurilgan venture builder tizimi, ya’ni startaplar yolg‘iz emas, tizim ichida yaratiladi.

Agar siz startap haqida o‘qishni to‘xtatib, qurishni boshlashga tayyor bo‘lsangiz — Venture Builders sizni kutmoqda.