XRUSTAL KURSI UCHUN JOYNI BAND QILISH BO’YICHA ROZILIKMen, “Xrustal” taqinchoq yasash kursida ishtirok etish maqsadida ro’yxatdan o’tayotganimni tasdiqlayman.
Mazkur shartlar “Xrustal” taqinchoq yasash kursi tashkilotchisi Ostonova Farida Baxtiyor qizi (keyingi o’rinlarda – “Tashkilotchi”) tomonidan taqdim etiladi.
Shu bilan quyidagilarni tasdiqlayman va ularga rozilik bildiraman:
1. Kursning umumiy narxi 850 000 (sakkiz yuz ellik ming) so’m ekanligi menga ma’lum.
2. Kurs 2026-yil darslik boshlanishu haqida ma’lumot oldim.
3. Kurs to’lovini 2026-yilda darslik boshlangunga qadar bo’lib-bo’lib to’lashim mumkinligini tushunaman.
4. Kurs boshlanish sanasiga qadar to’lovni to’liq amalga oshirish mening majburiyatim ekanligini tushunaman.
5. Agar kurs boshlanish sanasiga qadar to’lovni to’liq yakunlay olmasam, shu vaqtgacha to’lagan mablag’im menga qaytarilmasligi va avtomatik ravishda keyingi “Xrustal” kursi oqimi uchun hisobga olinishiga roziman.
6. Agar o’z xohishim bilan kursda ishtirok etishdan voz kechsam yoki kursni tark etsam, shu vaqtgacha to’lagan mablag’im qaytarilmasligiga roziman.
7. Agar kurs tashkilotchisi Ostonova Farida Baxtiyor qizi aybi bilan kurs o’tkazilmasa yoki bekor qilinsa, to’lagan mablag’im qaytarilishi yoki mening roziligim bilan keyingi oqimga o’tkazilishiga roziman.
8. To’lovni amalga oshirgach, yuklagan to’lov cheki (skrinshot) o’zimga tegishli ekanligini tasdiqlayman.
9. Ushbu shartlarni to’liq o’qib chiqdim, tushundim va ularga o’z ixtiyorim bilan rozilik bildiraman.